UNG Petro’ning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qilindi.
Barcha qiziqish bildirgan talabgorlar taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini 2023-yil 11-iyun kuni soat 18:00 ga qadar taqdim etishi talab etiladi.
Agar birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik — konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko‘rsatilishi lozim.
Aktiv to‘g‘risida qisqacha ma’lumot
UNG Petro — O‘zbekistondagi eng yirik yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i bo‘lib, u UNG milliy brendi ostida neft va gaz mahsulotlarini sotadi. UNG Petro chakana savdo tarmog‘iga O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan yonilg‘i va gaz quyish shoxobchalari kiradi. Mamlakat bo‘ylab 78 ta AYQShga ega.
Avvalroq Foton zavodini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)