Daryo

Bahodir Jalolov kubalik raqibini muddatidan avval yengib, oltin medal sohibiga aylandi

Jalolov ikki karra jahon chempioniga aylandi

1 daqiqa o‘qish22 032 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining finalidan o‘rin olgan janglar 13-may, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: MOQ

+92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarshi jang qildi. Jalolov birinchi raunddayoq raqibini mag‘lub etdi va oltin medalga ega chiqdi. 

Bahodir avvalgi bosqichlarda bahraynlik Danis Latipov, avstraliyalik Teremoana Teremoana va qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevni taslim etgandi. Yarim finalda esa Jalolovning raqibi ispaniyalik Ayub Gadfa Drissi ringga chiqmagani bois, o‘zbekistonlik bokschi avtomatik ravishda finalga yo‘l olgandi. 

Final janglarida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovni, Hasanboy Do‘stmatov esa fransiyalik Bilol Bennamani yengib, oltin medalga ega chiqqandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar