Daryo

Hasanboy Do‘stmatov fransiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi 

Do‘stmatov ishtirokidagi jang birinchi raunddayoq o‘z nihoyasiga yetdi

1 daqiqa o‘qish14 330 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining finalidan o‘rin olgan janglar 13-may, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: MOQ

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi ringga ko‘tarildi. Do‘stmatov raqibini birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi va oltin medalga ega chiqdi. 

Hasanboy ushbu bosqichga qadar marokashlik Said Mortaji, Meksika vakili Alberto Ximenes, kubalik Erislan Romero, yaponiyalik Tomoya Suboi va ispaniyalik Martin Molinani mag‘lub etgandi.

Final janglarida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovni yengib, oltin medalga ega chiqqandi. Shuningdek, bugun Bahodir Jalolov ham o‘z jangini o‘tkazadi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar