Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. Hasanboy Do‘stmatov ispaniyalik raqibiga imkon qoldirmadi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Do‘stmatov finalga yo‘l olgan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bokschiga aylandi

1 daqiqa o‘qish12 079 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim finalidan o‘rin olgan janglar 12-may, juma kuni bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: Boks federatsiyasi

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov ispaniyalik Martin Molinaga qarshi jang qildi. Birinchi raundda barcha hakamlar Hasanboyning ustunligini qayd etdi. Ikkinchi raundda ham Do‘stmatov raqibiga imkon qoldirmadi. Uchinchi raundni ham o‘z foydasiga hal qilgan o‘zbekistonlik bokschi finalga yo‘l oldi. 

Hasanboy ushbu bosqichga qadar marokashlik Said Mortaji, Meksika vakili Alberto Ximenes, kubalik Erislan Romero va yaponiyalik Tomoya Suboini mag‘lub etgandi.

Yarim final bahslarida Bahodir Jalolov (+92 kg), Oybek Jo‘rayev (-54 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) o‘z janglarida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. A’loxon Abdullayev (-75) va Lazizbek Mullajonov (-92 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, kechki dasturda Abdumalik Halokov (-57 kg), Ruslan Abdullayev (-63,5 kg) va Saidjamshid Ja’farovlar (-71 kg) final yo‘llanmasi uchun jang qiladi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar