Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Rossiya hududiga zarbalar bo‘yicha Ukrainaga nisbatan talablarga yondashuvini o‘zgartirdi, deb yozadi The Times o‘z manbalariga tayanib. Gazeta qayd etishicha, endi Vashington faqat rossiyalik oilalarga hujum qilmaslikni va muayyan shaxslarni yo‘q qilmaslikni so‘ramoqda.

Arlingtondagi Pentagon binosi

Arlingtondagi Pentagon binosi
Foto: Global Look Press

Hozir AQSH Ukrainaning Rossiyaga zarbalari nizoni kuchaytirib yuborishidan kamroq xavotirlanmoqda. “Nizo kuchayib ketishidan qo‘rqish avvalgidan kamaydi. Vaziyat o‘zgardi”, — dedi gazeta manbasi.

Nashr suhbatdoshi ta’kidlashicha, Vashington Kiyevni Rossiyada “ruslarga zarbalar bermaslik”ka chaqirmayapti, shuningdek, AQSH Ukrainaga “nima qilishi kerakligi”ni ayta olmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev “o‘z quroli”ni qanday qo‘llashini o‘z hal qilishi kerak. AQSH tomonidan taqdim etilgan qurol-yarog‘ni ishlatishda Vashington faqat “urush bo‘yicha xalqaro qonunlarga va Jeneva konvensiyasiga” rioya qilishni so‘ramoqda. Bu rossiyalik oilalarga zarbalar bermaslik va muayyan shaxslarni yo‘q qilmaslikni ham anglatadi. “Bilishimizcha, Ukraina bu ko‘rsatmalarga amal qilmoqda”, — deya qo‘shib qo‘ydi agentlik manbasi.

AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berayotib, undan Rossiya hududiga zarbalar beerishda foydalanmaslikni talab qilgandi. Shundan kelib chiqib, taqdim etilayotgan texnika turlari ham cheklangan edi.

Rossiya AQSH va ittifoqdoshlarini qurollar bilan mo‘ljalga olishda Ukrainaga yordam berishda ayblamoqda. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya avvalroq amerikaliklar HIMARSni qo‘llashda ishtirok etayotgani va u bilan mo‘ljalga olish Amerika harbiy sun’iy yo‘ldoshlari yordamida amalga oshirilayotganini aytgandi.

Bundan tashqari, diplomat da’vo qilishicha, Rossiyaning Dyagilevo va Engels aerodromlariga AQSH sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotlaridan foydalangan holda dronlar bilan hujum qilingan. Nebenzya AQSH va ittifoqdoshlarini “muayyan huquqiy oqibatlar” haqida ogohlantirdi. AQSH Davlat departamenti esa Rossiya aerodromlariga zarbalar fonida Vashington Kiyevni Ukrainadan tashqaridagi nishonlarga hujum qilishga rag‘batlantirmayotganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj