Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik milliarder Dmitriy Mazepinga tegishli “Aldabara” yaxtasi sanksiyalar tufayli hibsga olinganidan bir necha oy o‘tib, Italiyaning Sardiniya orolidagi portdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Britaniyaning The Guardian nashri ma’lum qilishicha, narxi 700 ming—1 million yevro atrofida bo‘lgan “Aldabara” mart oyida Sardiniyadagi Olbiya portida qo‘lga olingan. Yaxta Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan keyin sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan oligarx Mazepinga aloqador edi. Biroq, nashrning qayd etishicha, kemaning egasi rossiyalik tadbirkor ekanini isbotlash uchun vaqt kerak bo‘lgan, chunki yaxta vositachi kompaniyalar tarmog‘i orqali ro‘yxatga olingan.

Iyun oyida, “Aldabara” Mazepinga tegishli ekani tasdiqlanishidan bir necha soat oldin kema Sardiniya portini sirli ravishda tark etgan.

Sardiniya politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Mazepin bu ishda xorijiy kompaniyani yollagan, kompaniya o‘z navbatida “Aldabara”ni Olbiyadan olib chiqqan kapitan bilan kelishib olgan. Sardiniyani tark etgandan so‘ng, yaxta Tunisdagi Bizerte portida qisqa muddatga to‘xtagan, u yerdan qayerga ketgani hali noma’lum.

Politsiya ma’lum qilishicha, Mazepin, yaxtani olib chiqishni uyushtirishda yordam bergan  kompaniya va kapitan (u kema rossiyalik tadbirkorga tegishli ekani haqida bilmaganini da’vo qilmoqda) — har biri 500 ming yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

Dmitriy Mazepin —  Rossiyaning mineral o‘g‘itlar va ammiak selitrasi kabi keng turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Uralxem” ​​kompaniyasining asosiy egasi.

Urush boshlanganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalar doirasida rossiyalik tadbirkorlarning YIdagi aktivlarini muzlatib qo‘yish, jumladan, yaxtalarini hibsga olish boshlandi. YI hibsga olingan aktivlarni urush paytida Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplash uchun yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi