Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-noyabr kuni rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushdi. Bu haqda uning tansoqchilari bilan aloqasi bor Telegram kanaliga tayanib, Daily Mirror xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

G‘arb ommaviy axborot vositalari Putinning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib kelmoqda. Kreml Putinning tashxisini oshkor qilmasa-da, ko‘plab ekspertlar prezidentda oshqozon-ichak trakti onkologiyasi bor degan fikrda. Putin aynan shu kasallik sababli kechqurun qarorgohiga qaytganida, zinadan yiqilib tushgani ta’kidlangan.

“Rossiya prezidenti zinadan tushayotib, orqasi bilan yiqildi. Undan keyin yonboshga dumalab, yana bir necha pog‘ona pastga tushdi. Hodisa prezidentning shaxsiy qo‘riqchilari ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi, ular zudlik bilan Putinga yordam berdi”, — deyiladi xabarda.

Uch nafar xavfsizlik xodimi Putinni divanga o‘tqizgan va qarorgohdagi navbatchi shifokorlarni chaqirgan.Tez tibbiy yordam xodimlari bir necha daqiqadan so‘ng yetib kelgan.

“Putin oshqozon-ichak traktining onkologiyasidan aziyat chekmoqda, buning natijasida u allaqachon ovqat hazm qilish bilan bog‘liq jiddiy muammolarni boshdan kechirgan. Yiqilish natijasida, asosiy zarba dumg‘aza sohasiga tushgan. Bu, ehtimol, o‘tkir og‘riqlarga olib kelib, beixtiyor defekatsiyani qo‘zg‘atdi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Putinga dumg‘aza jarohati va yumshoq to‘qimalarning shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Voqea kuni Putin og‘riq qoldiruvchi dori qabul qilgan.

Shu bilan birga, prezidentning nima uchun yiqilganini tushunish uchun surishtiruv ishlarini olib borishmoqchi.

Ma‘lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin saraton kasalligiga chalingani haqidagi mish-mishlarni uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 1-aprel kuni jurnalistlar bilan suhbatda rad etgandi.

“Men Vladimir Putinda saraton kasalligi yo‘qligini to‘g‘ri tushundimmi?”, — deya aniqlik kiritishni so‘ragan jurnalist. Peskov esa bunga javoban “To‘g‘ri”, — degan javob bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)
Mahalliy
Angrenda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi