Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni sanasi ERIELL Group kompaniyasiga muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatish uchun yana bir sababga aylandi. Bu gal xayrli ishlarning manzili Toshkent shahridagi “Mehribonlik” nogironlarga ijtimoiy ko‘maklashish jamiyati bo‘ldi.

Jamiyatning 75 nafar tarbiyalanuvchisi aksiyaning asosiy qahramonlari bo‘lib, ularga oziq-ovqat to‘plamlari topshirildi. Bu haqiqatda zarur bo‘lganlarga yetarli darajada e’tibor qaratish imkoniyati mavjud bo‘lgan muloqot vaqtiga aylandi.

ERIELL Group vakillarini nafaqat uchrashuv mehmonlarining tarixi, balki ular duch kelgan qiyinchiliklar ham qiziqtirdi. Muloqot doirasida ularni nima bilan qo‘llab-quvvatlash mumkinligi, jamiyatning kelgusida rivojlanishi uchun umuman olganda qanday yordam muhimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

“Jamiyatning har bir a’zosi– o‘ziga xos xususiyati, iste’dodi, muammo va qiyinchiliklariga ega bo‘lgan tengi yo‘q shaxsdir. Biz har bir insonga e’tibor qaratishga, qo‘llab-quvvatlashga, og‘ir vaziyatlarda yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilamiz. Bunday masalalarda ERIELL Group bizning e’tibordan chetda qoldirmaydigan do‘stlarimizga aylanishga ulgurdi, buning uchun biz ulardan minnatdormiz”, – deydi “Mehribonlik” nogironlarga ijtimoiy ko‘maklashish jamiyati direktori Gultakin Mamedova.

3-dekabr har yili Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1992-yilda e’lon qilingan.

Nogironligi bor shaxslar jamiyatning bir qismi hisoblanadi va ularga ma’lum qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam berish ularning yanada to‘laqonli hayot kechirish istagini qo‘llab-quvvatlash demakdir.

ERIELL Group kompaniya rahbariyati va mamlakatning turli viloyatlaridagi xodimlarining tashabbuslari bilan imkon kadar tez-tez xayrli ishlar ishtirokchisi bo‘lishga harakat qiladi. Boshqalarga bayram uyushtirsangiz o‘zingiz yanada yaxshi bo‘lasiz shiorining mazmunini kompaniyadagilar allaqachon anglab yetgan. Demak, xayrli ishlarning ro‘yxati yanada ko‘payaveradi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi