Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston ipagi, ipakchilik va Xo‘ja Nasriddin afandining latifalarini aytish YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ro‘yxatga ipakchilik va an’anaviy ipak ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistondan tashqari Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya, Tojikiston, Turkmaniston ham kiritilgan. Buyuk ipak yo‘li an’analarida chuqur ildiz otgan bu amaliyot madaniy o‘ziga xoslikdan dalolat beradi.

“Bu, shuningdek, ijtimoiy birdamlik ramzi sifatida qaraladi, chunki ipak savdosi tegishli mamlakatlar ichida va o‘rtasida madaniyat va ilm-fan almashinuviga hissa qo‘shgan”, deyiladi YUNESKO saytida.

YUNESKOning nomoddiy madaniy merosidan Xo‘ja Nasriddinning latifalarini aytish ham joy olgan. Ro‘yxatga latifa aytishning O‘zbekistondagi usulidan tashqari Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmanistondagi usullari ham kiritilgan.

“Latifalar og‘zaki va yozma manbalar orqali og‘izdan og‘izga o‘tib, mahalliy iboralar va maqollarni ilhomlantirgan. Ularning aksariyati klassikaga aylangan. Mazkur latifalar bolalar uchun tayyorlangan bosma va vizual ommaviy axborot vositalari hamda teledasturlarda ham tarqatilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Xo‘ja Nasriddinning latifalarida hikoyachi qiyin vaziyatlarda kutilmagan yo‘llarni topishi va so‘z kuchi bilan doimo g‘olib bo‘lishi qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?