Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Estoniya Mudofaa vazirligi mamlakatda mingga yaqin kishi ishtirokida dunyodagi eng yirik NATO Cyber Coalition mashg‘ulotlari boshlanganini e’lon qildi.

Foto: Sababa Security

Foto: Sababa Security

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashg‘ulotlarga Shimoliy Atlantika alyansining 40 dan ortiq davlati va uning hamkorlari ishtirok etmoqda.

“Mashg‘ulotlar davomida NATO ittifoqchilarining energetika infratuzilmasi va kuchlariga kiberhujumlar berilib, ularning oldi olinadi. Mashqlar Estoniya Mudofaa vazirligi qoshidagi Tallin CR14 kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv markazi tomonidan olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ishtirokchilar orasida nafaqat harbiy mutaxassislar, balki davlat sanoat korxonalari, ilmiy muassasalar va alohida milliy kibermudofaa tuzilmalari vakillari ham bor.

Iyul oyida Buyuk Britaniya armiyasining Twitter va YouTube akkauntlari xakerlik hujumiga uchragandi. Armiyaning  Twitter sahifasiga 360 000 dan ortiq kishi, YouTube kanaliga esa 177 000 foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi