Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokistonning “Tahriki Tolibon” radikal guruhi iyun oyida mamlakat hukumati bilan tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitimni bekor qildi. Shuningdek, guruh rahbariyati o‘z jangarilariga mamlakat bo‘ylab terrorchilik hujumlari uyushtirishni buyurdi, deb xabar bermoqda Express Tribune guruh bayonotiga tayanib.

Foto: EPA

Foto: EPA

So‘nggi haftalarda “Tahriki Tolibon” hukumat bilan tinchlik muzokaralarini olib borayotgan edi. Biroq, muzokaralar jarayoni bir qator kelishmovchiliklar tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Xususan, “Tahriki Tolibon” tinchlik bitimi tuzilgan taqdirda qurollarni tashlashdan bosh tortgan.

Guruh muloqot davomida natijalarga erishish uchun “vafodorlik ko‘rsatib, sabrli bo‘lgani”ni aytmoqda. Biroq, mamlakat armiyasi va maxsus xizmatlari guruhga qarshi doimiy operatsiyalar o‘tkazmoqda va hujumlar uyushtirmoqda. Endi “Tahriki Tolibon” “qayerda imkoniyat topilsa” shu joyda hujum qilishga chaqirmoqda.

“Tahriki Tolibon” Pokistonda shariat qonunlarini o‘rnatishga intilayotgan bir qancha guruhlar uyushmasidan iborat. U birinchi marta 2021-yil 10-noyabrda Afg‘onistonni egallab olgan “Tolibon” harakati yordamida Pokiston hukumati bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqida sulh imzolagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi