• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Bu — jamiyatda erkakka berilgan ustunlikning suiiste’mol qilinishi”. Kelin nogiron farzand tuqqani uchun haydalgani jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda

    Facebook’dagi “Maslahat.uz” guruhida anonim murojaat qoldirilib, unda ayol 23 yoshli qizi turmushidan nogiron farzand dunyoga keltirgani, endilikda qudalar tomonidan kelin haydab solingani haqida yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizi homilador bo‘lishiga qaramay, sovuq kunlarda basseyn tozalashga majbur qilingan, buyragi og‘rib, ahvoli og‘irlashganda ham, shifokor qabuliga yuborilmagan.

    Skrinshot: Facebook

    Skrinshot: Facebook

    Ushbu murojaat e’lon qilingach, holat o‘zbek jamoatchiligi faollari orasida muhokamalarni keltirib chiqardi. Ayrimlar bu endilikda yangilik bo‘lmay qolgani, jamiyatda “ikki oyoqda yuradigan cho‘chqaga aylanish” yuz berayotgani haqida yozsa, yana ayrimlar bu vaziyatni “erkakka berilgan ustunlikning suiite’mol qilinishi” deb baholamoqda.

    Muhrim A’zamxo‘jayev, jurnalist

    Yuqorida — yonimizda yashayotgan, biz bilan bir havodan nafas olayotgan, vaqti kelsa, o‘zimiz ham iliqqina salomlashadigan, hayitlarda osh-ovqat chiqaradiganimiz ikki oyoqda yuradigan cho‘chqalar haqida bir hikoya.

    O‘qib, “voy, odam ham shunaqa beshafqat bo‘ladimi, kelinini ayamaydimi sal”, demang — bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi. Siz bunaqa holatlarni mana shu hikoyani o‘qib, birinchi marta bilayotganingiz ham yo‘q. Aldamang. Hech bo‘lmasa o‘zingizni aldamang. Ehtimol, o‘z yaqinlaringiz, onangiz, xolangiz, ammangiz, opangiz, singlingiz shu ahvolga tushgandir. Balki o‘zingiz shu ahvolga tushgandirsiz.

    Balki cho‘chqa rolida o‘zingiz bo‘lgandirsiz-u, shuning uchun sezmay, ko‘rmay qolgandirsiz. Eng yomoni, bu jarayonning davom etaverishi — bugungi jabrdiyda, agar omon qolsa, shu “imtihon”lardan amallab o‘tib olsa, ertaga oliy toifali zolimga, mana shunaqa ikki oyoqda yuradigan cho‘chqaga aylanishi.

    Shahnoza Soatova, adliya vaziri maslahatchisi, ayollar faoli
    Tarmoqda har kuni kamida 3—4 ta shunday anonimlar hikoyalari chiqadi, qanday qilib bu holatlarni istisno deya olamiz? Ayniqsa, onalar gapira boshlasa, ahvol dahshatli ekanini ko‘ramiz.

    Ayrimlar bu masalani ayollar ayollarga zulm qilyapti, erkaklar aloqasi yo‘q, degandek ko‘rsatishmoqda. Lekin bizda hozir ayolning qarindoshlari zulmidan jondan to‘yib o‘zini kanalga tashlagan biron er misoli yo‘q! Faqat er va uning qarindoshlari zulmidan ayollar joniga qasd qilayotgani holatlari chiqyapti. Ota-ona qizini qaynonagamas, ERGA beradi. Er oila rahbari ekan, yana kim aybdor bo‘lishi mumkin?

    Bu — jamiyatda va oilada erkakka berilgan ustunlikning suiiste’mol qilinishi, imtiyozlarning suiiste’mol qilinishi! Suiiste’mol qilinishiga nima sabab bo‘lyapti? Noto‘g‘ri urf-odatlar, tartiblar. Oilada erkak ustun degani bu birovning qizini butun bir guruh bo‘lib azoblashga ruxsat degani emas. Buni tushunmagan aholi ongi bilan ishlash kerak, butun jamiyat bilan ishlash kerak. Zo‘ravonlik sodir bo‘lgan oilani topib borib, u yerdagi ahvolni o‘rganish o‘zi kam. Hamma zulm jamoaviy ongdagi buzilishlardan kelib chiqyapti.

    Kelinning buyragi og‘risayam, uxlamasayam, kasali davolanmasayam chidashga nima majbur qilyapti? Kelinning oila ajralib ketishidan qo‘rquvi (nimaga qaynona yo er bundan kamroq qo‘rqadi, oila axir ikki tomonga ham birdek kerak emasmi)? Chunki erkaklar oson uylanib ketaveradi, kelin tomonda muammoning kattasi qoladi.

    Ayol o‘ylaydi: “Ajrashsam, bolamni kim boqadi?” va “Odamlar nima deydi?” deb. O‘qigan, kasb-hunarli qizlar balki birinchi savol haqida o‘ylamas, ammo jamoatchilik fikri va bosimidan qo‘rquv — katta kuch. Tepadagi skrinda ham ona bekorga “Odamlar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lsin” demayapti.

    Zolimlarning tiyilmasligi, kelinlarga zulm qilishda cheksiz erkinlikni erning qarindoshlariga kim beryapti? Stereotiplar, noto‘g‘ri urf-odatlar, haddini bilmaydigan odamlar, jazosiz qolayotgan va hatto rag‘batlantirilayotgan (o‘zida ayb) zulm! Tuzatish kerak bu munosabatlarni, yana qancha jon azobda qolishi kerak? Bolajonga Olloh shifo bersin!

    Barnogul Sanaqulova, professor, gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha jamoatchilik faoli
    Duodaman ayol va bolajon uchun. Ilohim, kun kelib o‘sha maxluqlar bolajon va onasini uzoqdan bo‘lsa ham bir marta ko‘rishga zor bo‘lishsin. Ilohim, bolajon shunday inson bo‘lib voyaga yetsinki, o‘sha maxluqlar aslida bu bizning naslimiz, bizning nevaramiz, deb jar solganda butun dunyo ularning ustidan kulsin. Ilohim, shu bolajon butun urug‘-aymog‘ini bir umr tarixda qoladigan ishlari, ilm-u amallari, mol-u davlati bilan siylasin, o‘sha payt anavi maxluqlar alamdan o‘zlariga o‘t qo‘ysin! Allohu Akbar.
    Quyida holat yuzasidan bildirilgan yana bir nechta nechta fikrlar keltiriladi.

    Tavba, kino ko‘rganday bo‘ldim. Shunaqayam noinsof bo‘ladimi odam degan?! Alloh shifo bersin, shu navarangiz butkul sog‘ayib ketsin, kelajakda to‘rt muchasi sog‘, chiroyli, solih bir farzand, professor, olim bo‘lsin. Ilohim, qizingizning peshanasi yaltirab, baxti ochilib ketsin.

    ***

    Tug‘ma porokni Moskvadan yaxshi operatsiya qiladi, bitta tanishim bir haftalik chaqaloqni oborib operatsiya qilgandi, hozir maktabga chiqdi qizcha. Borish ham osonroq Moskvaga, shu variantni ko‘ringlar. Hozir birinchi masala bolani saqlab qolish, qolgani bir gap bo‘ladi. Pastkash qudangiz bilan umuman gaplashmang.

    ***

    Yana bir izoh bildirgan ayol o‘zining nevarasi ham og‘ir kasallik bilan tug‘ilgani, lekin davolanishlardan so‘ng hozirda uning ahvoli yaxshilangani haqida yozdi.

    Kelinimning farzandi, ya’ni nevaram ham kasal tug‘ildi. Kelinim va nevaram ogir ahvolda edi. Kelinimga og‘ir ish qildirmadim, homilasi 3 oylik bo‘lganida buyragida gidronefroz kasalligi borligini aytishdi. Ko‘pchilik bu kasallik bilan tug‘ilgan bola 3 oy yashab o‘ladi deyishgandi. Hech kimning gapiga quloq solmadik.

    Dardimiz ichimizda edi, umid qildik, harakat qildik, yordam so‘radik, xullas, Toshkentda SamPida operatsiya qildirdik. Xudoning mo‘jizasimi, shifokorlar sababmi — nevaram tuzaldi. Allohimga ming shukur, siz siqilmang, Allohim irodasi bilan nevarangiz tuzaladi. Nevaram Muhammadalining boshidan nima kunlar o‘tmadi, hozir 10 oylik, og‘ir operatsiya va og‘ir muolajalarga bardosh berdi.

    28.11.2022, 18:18   Izoh (0)   12697
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.