Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey 26-noyabr kuni vafot etdi, deya xabar bermoqda BelTA Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glazga tayanib.

Foto: Belarus tashqi ishlar vazirligi

Foto: Belarus tashqi ishlar vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glaz vazirning o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqlab, “Bir necha soat oldin to‘satdan vafot etdi. Hech qanday alomat yo‘q edi. Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi bu”, — deya holatga aniqlik kiritgan.

Ma’lumot uchun, Vladimir Vladimirovich Makey 1958-yilda Grodno viloyatida tug‘ilgan. 1980-yilda Minsk davlat chet tillar pedagogika institutini, 1993-yilda Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasini tamomlagan.

1980—1993-yillarda SSSR va Belarus Qurolli kuchlarida xizmat qilgan. U zaxiradagi polkovnik edi. 1993—1995-yillarda axborot va gumanitar hamkorlik bo‘limining uchinchi kotibi, tahlil va prognozlash bo‘limining ikkinchi kotibi, Belarus tashqi ishlar vaziri kotibiyatining ikkinchi kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

1995—1996-yillarda Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokol xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, 1996—1999-yillarda Belarus Respublikasining Yevropa Kengashidagi vakili, Belarusning Fransiyadagi elchixonasi maslahatchisi, 1999—2000-yillarda Belarus Tashqi ishlar vazirligining Umumevropa hamkorligi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 2000—2008-yillarda Belarus prezidenti yordamchisi, 2008—2012-yillarda esa Belarus prezidenti adminstratsiyasi rahbari sifatida ishlagan.

2012-yil 22-avgustdan beri Vladimir Makey Belarus tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. U favqulodda va muxtor elchi diplomatik darajasiga ega bo‘lgan.

Vladimir Makey SHHT sammiti doirasida O‘zbekistonga kelgan va 14-sentabr kuni Vladimir Norov bilan uchrashgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj