Daryo

Belarus TIV rahbari O‘zbekistonning SHHTga raisligi doirasida amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi

O‘zbekiston va Belarus TIV rahbarlari SHHT sammiti arafasida uchrashdi

1 daqiqa o‘qish26 568 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TIV matbuot xizmati

14-sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Foto: TIV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tomonlar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va amaliy sa’y-harakatlari sababli so‘nggi yillarda O‘zbekiston—Belarus munosabatlari alohida jadallik kasb etgani ta’kidlandi. Ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasida faol muloqot olib borilmoqda.

Vladimir Makey Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik doirasida O‘zbekiston tomoni tomonidan amalga oshirilgan ishlar va o‘z miqyosida yilning asosiy siyosiy voqealaridan biriga aylanadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rishni yuqori baholadi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasidagi va boshqa bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar