Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uollesning aytishicha, Ukraina armiyasi qishda hujumni to‘xtatmasligi, balki davom ettirishi zarur. Bu haqda The Daily Beast yozmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ben Uollesning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukraina armiyasi “tayyorgarlik, qurol-yarog‘ va jangovar holat sifati bo‘yicha ustunlikka ega”.

“Rossiyaliklar hozir bu borada UQKga yengilmoqda. Ular ruhiy tushkunlikka tushib qolgan, yomon tayyorgarlikdan o‘tgan va yaxshi qurollanmagan. Shuning uchun men Ukraina armiyasini qishda hujumni pasaytirmaslikka chaqirdim” — dedi Britaniya vaziri.

Uollesning aytishicha, ukrainalik harbiylar shu vaqtga qadar 300 ming qishki jihozlar to‘plamini olgan.

“Ularga xalqaro hamjamiyatdan 300 ming qishki jangovar to‘plam yetkazilgan — bu qishda har qanday hujum uchun zarur talab”, — dedi u.

Avvalroq iste’fodagi amerikalik general Ben Xojes qish ukrainaliklarga qaraganda Rossiya qo‘shinlari uchun og‘irroq kelishini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)