Daryo

Toshkentdagi xususiy maktabda o‘qituvchi 5-sinf bolasiga kuch ishlatgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi

1 daqiqa o‘qish17 256 ko‘rishlar2 izoh0

Toshkentdagi xususiy maktabda o‘qituvchi o‘quvchiga kuch ishlatgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilganda, voqea 11-noyabr kuni Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktablardan birida sodir bo‘lgani aniqlangan.

5-sinf o‘quvchilari uchun o‘tilayotgan dars jarayonida o‘qituvchi — 1989-yilda tug‘ilgan A.N. o‘quvchilarga qo‘pol muomalada bo‘lib, qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Mavzuga doir: 

Toshkentdagi maktabda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar