O‘qituvchi bir necha bor ogohlantirishiga qaramay o‘qituvchiga nisbatan o‘quvchi hurmatsizlik qilgan. O‘qituvchi behurmat bo‘lgani uchun o‘quvchiga qo‘l ko‘targan.
Yuqoridagi holat bo‘yicha o‘qituvchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan. Shuningdek, maktabda navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilib, barcha ustozlarga bo‘lgan vaziyat haqida ma’lumot berildi va tushuntirish ishlari olib borilgan.
Dars vaqtida telefondan foydalanmaslik bo‘yicha “Ta’lim muasassalarida mobil telefondan foydalanish tartib qoidalari to‘g‘risi”dagi qarorda ko‘rsatilgan tartiblarni buzgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, qaror bilan qayta tanishtirilgan.
Mavzuga doir: “Uydagilarga yetkazsangiz, battar bo‘ladi”. Toshkentdagi xususiy maktabda o‘quvchilar kaltaklab kelingani aytilmoqda (video)









