Daryo

“Uydagilarga yetkazsangiz, battar bo‘ladi”. Toshkentdagi xususiy maktabda o‘quvchilar kaltaklab kelingani aytilmoqda (video)

“Shu sinf matematika o‘qituvchisi va kuratori o‘quvchilar bilan doimiy ravishda qo‘pol muomalada bo‘lishgan”, — deyiladi murojaatda

1 daqiqa o‘qish39 788 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Toshkent shahridagi xususiy maktabda o‘quvchilarga kuch ishlatilgani aytilmoqda. Bu bo‘yicha deputat Rasul Kusherbayevga murojaat kelib tushdi.

Kadr: Telegram
Murojaatchining ma’lum qilishicha, hodisa “Pifagor” Qorako‘l xususiy maktabining Toshkent shahri “Novza” metrosi filialida sodir bo‘lgan. Videodagi tasvirlarda esa 5-“A” sinfining xonasi aks etgan.
O‘quvchilarni doimiy ravishda shu tarzda urib kelishgan, “uydagilarga yetkazsangiz, battar bo‘ladi” degan ma’noda qo‘rqitishgan. Shu sinf matematika o‘qituvchisi va kuratori o‘quvchilar bilan doimiy ravishda qo‘pol muomalada bo‘lishgan, kaltaklab kelishgan. Aynan mana shu sinfning sentabrdan hozirgi kungacha barcha videotasvirlarini o‘rganib chiqishlarini so‘rardim. Chunki ushbu videodan keyin mening bolam ham ko‘p kaltak yeganini aytdi. Iltimos, tegishli organlar bu holatni o‘rganib berishsin, — deyiladi murojaatda.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar