Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoroda bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, byuroning Buxoro shahri bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2014-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.B.dan undiruvchi O.Sh. foydasiga voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadining 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro harakatlari davomida qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, ijro hujjati talablarini bajarishdan bo‘yin tovlab, 32 million so‘mdan ortiq aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgani sababli unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahri sudiga yuborilgan.

Mazkur sud tomonidan 1-noyabr kuni qarzdor otaga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Qarzdorning aybi, o‘z aybiga iqrorlik va qilmishidan pushaymon bo‘lib bergan ko‘rsatuvidan tashqari, tushuntirish xatlari, ma’muriy bayonnoma va ishda to‘plangan boshqa yozma dalillar bilan o‘z isbotini topdi.

Sud Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga asosan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Qarzdor ota sud zalida darhol qamoqqa olinib, jazoni o‘tash uchun maxsus muassasaga joylashtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Muhandislar xatoligi” — bolalar ustiga qulagan basseyn tomi, Moskvada uchuvchilar aybi bilan halokatga uchragan samolyot, sovet—fin urushining yakunlanishi. Kun x...
Mahalliy
Qo‘qonda voyaga yetmagan qiz xonadondan 1,5 mln so‘mlik tilla uzuk o‘g‘irladi
Sport
Lionel Messi mundialdagi gollar bo‘yicha Maradonaga yetib oldi. Argentinaliklardan faqat bir futbolchi undan oldinda