O‘zbekiston hududiga 22—26-oktabr kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 22—26-oktabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi:
- 22-oktabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi;
- 23-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi;
- 24-oktabrda ham ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi;
- 25-oktabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi;
- 26-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
21—22-oktabr va 25-oktabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 23-oktabr va 26-oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha, 26-oktabrda ba’zida 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.
Izoh (0)