Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi guruh bosqichining 3-turida “Manchester Yunayted” 6-oktabr, payshanba kuni “Omoniya”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvda mankunianliklarning qo‘li baland keldi. “Manchester Yunayted” safida Antoni Marsyal bitta gol urgan bo‘lsa, Markus Reshford dublni rasmiylashtirdi. “Omoniya” safida Karim Ansafirad va Nikolas Panayotu gol muallifiga aylandi.

Erik ten Hag shogirdlari ochkolari sonini 6 taga yetkazib, 2-o‘rinni egallab turibdi. “Omoniya” esa birorta ochko jamg‘ara olmasdan, 4-pog‘onani band etgan.

Yevropa Ligasi

3-tur bahslari

6-oktabr, payshanba

“Omoniya” — “Manchester Yunayted” 2:3

Gollar: 1:0 – 34 Ansarifard, 1:1 – 53 Reshford, 1:2 – 63 Marsyal, 1:3 – 84 Reshford, 2:3 – 85 Panayotu.

“Omoniya”: Freytas, Mett'yuz, Yuste, Lang, Miletich (Bezus, 82), Lesyaks, Diskerud (Panayotu, 72), Haralampus, Bruno (Loizu, 72), Ansarifard (Kakulis, 61), Barker (Papulis, 61).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot, Lindelef, Martines, Malasia (Shou, 46), Eriksen, Kazemiro (Maktomini, 82), Brunu Fernandesh (Marsyal, 62), Ronaldu, Sancho (Reshford, 46), Antoni (Fred, 74).

Ogohlantirishlar: Haralampus (62), Kakulis (87), Martines (87), Shou (90).

“Syurix” — “PSV” 1:5

Gollar: 0:1 – 10 Vertessen, 0:2 – 15 Vertessen, 0:3 – 21 Gakpo, 0:4 – 35 Simons, 0:5 – 55 Gakpo, 1:5 – 87 Okita.

“XIK” — “Ludagorets” 1:1

Gollar: 0:1 – 10 Tissera, 1:1 – 55 Hetemay.

“Malmyo” — “Union Berlin” 0:1

Gol: 0:1 – 68 Bekker.

“Sheriff” — “Real Sosyedad” 0:2

Gollar: 0:1 – 53 Silva, 0:2 – 62 Elustondo.

“Shturm” — “Latsio” 0:0

“Monako” — “Trabzonspor” 3:1

Gollar: 1:0 – 14 Ben-Yedder, 2:0 – 45 Ben-Yedder (penalti), 3:0 – 55 Disasi, 3:1 – 72 Bakasetas.

“Srvena Zvezda” — “Ferensvarosh” 4:1

Gollar: 1:0 – 27 Kanga (penalti), 2:0 – 35 Mitrovich, 3:0 – 50 Katai, 4:0 – 60 Kanga, 4:1 – 71 Sakariassen.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bizning jamiyatda seni la’natlangan yoki axloqi buzuq odam deb o‘ylashar edi” — vujudida OIV bilan yashayotgan insonlar hikoyalarini jamlagan “Hayot davom etadi”
Maslahatlar
Bir necha daqiqa ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi