Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisining qabuliga kelib, unga shart qo‘ygan ikki ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, M.A. hamda Sh.K. fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisining qabuliga kelib, oldindan o‘zlari tomonidan kiritilgan xususiy ajrim bilan bog‘liq masalani hal qilib berish vaji ostida baland ovozda baqir-chaqir qilgan. Mazkur arizani ish hujjatlaridan tortib olib, ko‘chmas mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqni tezda olib tashlashni, aks holda, xonadan chiqmasliklarini aytib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.

Voqea yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Natijada ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, sud qarori bilan ularning ikkisi ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ularga sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, apellyatsiya shikoyati berish muddati va tartiblari tushuntirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“PSJ” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda. JCH—2022 da qaysi klub vakillari eng ko‘p gol urmoqda?
Dunyo
“Ha, biz buni qilyapmiz, lekin Qrim ko‘prigiga kim zarba berdi?” Putin — Ukraina energetika obyektlariga zarbalar haqida
Mahalliy
“O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi