• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Respublika kardiologiya markazida noyob va murakkab operatsiyalar turi 34 taga yetkazildi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Respublika kardiologiya markazida noyob va murakkab operatsiyalar turi 34 taga yetkazildi.

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yuz berayotgan o‘lim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqmoqda. Qolaversa, bu turdagi xastaliklar hanuz nogironlikka yetaklovchi eng asosiy sabablardan biri. Bu darddan aziyat chekkan o‘zbekistonliklar yaqin yillargacha Germaniya, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarga davolanish uchun borgan bo‘lsa, endi bu yo‘nalishdagi barcha ilg‘or muolaja usullari O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilgan.

    Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida hozir 34 turdagi murakkab va noyob operatsiyalar o‘tkazilmoqda.

    Stentlash, aorta koronar shuntlash, radiochastotali ablatsiya, elektrokardiostimulyator o‘rnatish, yurak klapanlarini protezlash kabi ochiq usuldagi amaliyotlar yiliga minglab bemorlarning hayotini saqlab qolish va umrini uzaytirish imkonini bermoqda. Bundan tashqari, yurak nuqsonlarini endovaskulyar usulda davolash ham keng ommalashyapti. Muassasamizning Rentgenendovaskulyar jarrohlik bo‘limi shu yo‘nalishga ixtisoslashgan, — deydi markaz direktori Xurshid Fozilov.

    Surunkali toj tomirlar okklyuziyasini antegrad va retrograd yo‘llar bilan ochish va stentlash, kateter orqali aortal klapan implantatsiyasi, qorinchalararo va bo‘lmachalararo to‘siq defekti hamda yurak tug‘ma nuqsonlarini kateter orqali okklyuder bilan yopish amaliyotlari shular jumlasidan. Ushbu innovatsion muolaja turlarining noyobligi shundaki, ular ko‘krak qafasini kesmasdan, bilak tomiri orqali bajariladi.

    Elektrofiziologik tekshiruvlar va yurak aritmiyalari murakkab turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘limida esa 10 turdagi operatsiyalar o‘tkazilmoqda. Ulardan 6 tasida radioto‘lqinli ablatsiya usuli qo‘llansa, 4 tasida turli elektrokardiostimulyatorlar implantatsiya qilinadi.

    Jumladan, radiochastotali ablatsiya usuliga muvofiq, ko‘krak qafasini ochmasdan, maxsus moslamalar yordamida yurakka yetib borgan holda uning notekis urishi (aritmiya) bilan bog‘liq ba’zi nuqsonlar radioto‘lqin vositasida bartaraf etiladi.

    Kardiojarrohlik bo‘limida ochiq usuldagi yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkaziladi. Ushbu muolaja turi ishlab turgan yurakda bajarilib, bir vaqtning o‘zida ushbu tana a’zosida ikki va undan ortiq o‘ta murakkab operatsiyalar amalga oshiriladi. Ya’ni yurak klapanlarini protezlash, plastika qilish, tug‘ma nuqsonlarni jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish, yurak mushaklari o‘smalari, qorincha va bo‘lmachalar ichidagi tromblarni olib tashlash sun’iy qon aylanish tizimi yordamida o‘tkaziladi.

    E’tiborlisi, markazning hududiy filiallariga ham angiograf uskunasi o‘rnatilib, koronarografiya va stentlash amaliyotlari yo‘lga qo‘yilgach, davolash hamda diagnostika usullari 40 tagacha yetkazildi.

    05.10.2022, 01:17   Izoh (0)   13287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Haydovchilik uchun 2 ming dollar: Navoiyda fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    05.10.2022, 00:49

    Namanganda 380 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

    05.10.2022, 00:40

    Toshkentda MCHJ rahbarlari milliardlab pullarni maqsadsiz sarflab, o‘zlashtirib yubordi

    05.10.2022, 00:25

    O‘zbekistonda so‘nggi 10 yillikda bajarilgan qurilish ishlari statistikasi e’lon qilindi

    05.10.2022, 00:11

    O‘zbekistonda sanatoriylarda davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati ishga tushirildi

    04.10.2022, 23:41

    “Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    04.10.2022, 23:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.