Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bilimni harakatga keltirish mablag‘, mablag‘ni maqsadli sarflash esa daromad demak. Ikkisi — ayro tushuncha. Ammo shunisi aniqki, harakatga asoslanmagan bilim va maqsadli sarflanmagan mablag‘ inqiroz bilan yuzlashishi — aksioma. Shu bois, yurtimizda aholining ilm-fan bilan baqamti bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi hamda bu orqali oilaviy farovonligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qator yangiliklar amaliyotga tatbiq etilyapti.

“Oilakredit.uz” loyihasi — shulardan biri. Mazkur loyiha aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bu boradagi ishlarni tizimlashtirishga qaratilgan bo‘lib, u orqali biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolar ortiqcha hujjatbozlik va yugur-yugurlarsiz elektronlashtirilgan tartibda imtiyozli kredit olishlari mumkin. Muhimi, jarayonlarning barchasi sodda: barcha hujjatlar elektron tizimda harakatlanadi. Tanish-bilishchilik va korrupsiyaga esa mutlaqo o‘rin yo‘q!

Loyiha qanday ishlaydi?

“Oilakredit.uz” onlayn platformasi orqali kredit olish uchun onlayn ariza yuborish kifoya. Faqat shaxsiy ma’lumotlarni kiritishda e’tiborliroq bo‘lmoq kerak. Yuborilgan arizalarning barchasi elektron ko‘rinishda masofadan imzolanib, skoring baholash natijalariga ko‘ra, yagona elektron platformada barcha hujjatlar shakllantirilib, kredit mablag‘i ajratiladi.

Ushbu platformada imtiyozli kredit olish jarayonlari 6 bosqichdan iborat:

Platforma kredit to‘lovlarini elektron tartibda hisoblaydi. Shundan so‘ng sms orqali tasdiqlanuvchi xabar keladi. Ushbu tasdiqlashni amalga oshirmaguncha saytdan chiqib ketmaslik zarur. Aks holda ariza yuborilmaydi.

Imtiyozli kredit kimlar uchun ajratiladi?

Imtiyozli kreditlar aksiyadorlik tijorat Xalq banki va yana ikkita moliya muassasasi tomonidan 18 yoshdan yuqori fuqarolarga qonunchilik bilan taqiqlanmagan sohalar uchun beriladi. Shuningdek, kreditlar yillik 14 foiz stavkada jismoniy shaxslarga 33 mln so‘mgacha, kichik tadbirkorlik subyektlariga 225 mln so‘mgacha, tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda 225 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi.

Imtiyozli kredit ajratiladigan sohalar quyidagilardir:

  • oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga — 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
  • chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
  • bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;
- “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun — 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.

Eng muhimi, ajratiladigan kreditlarning yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan biznes-rejalar bilan “Oilakredit.uz” platformasi orqali yaqindan tanishish imkoni mavjud.

Ma’lumot uchun: 2022-yil boshidan hozirga qadar aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan “Oilakredit.uz” platformasi orqali 2500 dan ortiq fuqaroga qariyb 60 milliard so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Natijada shuncha yurtdoshlarimizning doimiy bandligi ta’minlandi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi