Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 3-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Budapeshtga bordi. Bu haqda prezident matbut xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbut xizmati

Foto: Prezident matbut xizmati

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarining tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston va Vengriya bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: Prezident matbut xizmati

Foto: Prezident matbut xizmati

Mamlakat yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbut xizmati

Foto: Prezident matbut xizmati

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 4-oktabr kuniga mo‘ljallangan. Vengriya prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. So‘ng Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv o‘tkazadi. Yakunda ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbut xizmati

Foto: Prezident matbut xizmati

Prezidentning tashrifi doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan ham uchrashish ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi