Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro shahrida xodimlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq hisobchi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axboror xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “M.” MCHJ sobiq hisobchisi D.U. MCHJga tegishli korporativ kartadan 961,5 million so‘mni naqdlashtirib olib o‘zlashtirgani hamda korxonaning 59 nafar xodimining 99 million so‘m ish haqini shaxsiy kredit to‘lovlari uchun yo‘naltirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...
Mahalliy
Nukusdagi tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zarar miqdori ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda oilaviy bog‘chalar 50 nafargacha bola olishi mumkin bo‘ladi