Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida talonchilik qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20-sentabr kuni R.L, T.B va X.I. bir guruh bo‘lib, “Yakkatut” mahalla hududida yashovchi X.Sh.ni qo‘llari bilan urib, yonida bo‘lgan Samsung A6 telefon apparati, fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi hujjatlari hamda ichida 600 dollar va 60 ming so‘m pullari bo‘lgan katmonini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a”, “v” (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, porotsessual tartibda ushlangan.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Kino
“Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)