Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onadagi korxonada yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi kichik sanoat zonasida joylashgan Central Asia Motors korxonasida bo‘lib, yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qilingan ishlarni ko‘zdan kechirgan.

Yiliga 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihaning umumiy qiymati 50 million dollarga baholanmoqda. Shundan 40 million dollarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.

Rejaga ko‘ra, loyiha to‘liq ishga tushishi bilan 350 ta ish o‘rni yaratiladi. Yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va uning 40 foizi eksportga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, bu yerda elektromobillar uchun kuzov, zaryad stansiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlari ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi.

Korxona bosh direktori Bahodir Ahmedovning ma’lum qilishicha, elektromobillar ishlab chiqarish jarayoni joriy yil yakuniga qadar boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi