Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Damas va Cobalt to‘qnashdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH 21-sentabr kuni soat 19:30 larda Yakkabog‘ tumani “Mevazor” MFY Mevazor qishlog‘i hududidan o‘tgan M-39 Olmaota—Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 1182-kilometrida yuz bergan.

Haydovchi A.L. Damas’ni qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha boshqarib kelib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan B.SH. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt yo‘liga chiqib ketib, to‘qnashgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda mashinada bo‘lganlar ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?