Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2021-yilda “Iv Roshe” ishi bo‘yicha ikki yil-u sakkiz oyga, 2022-yilda firibgarlik va sudyani haqorat qilishda ayblanib, to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy ekstremistik faoliyatni amalga oshirish va ekstremistik jamiyatga rahbarlik qilish bo‘yicha yana bir bor sudga tortilishi mumkin. Bu ish bo‘yicha Navalniyga qo‘shimcha 15 yillik qamoq jazosi berilishi taxmin qilinmoqda, deb yozadi RT nashri manbalariga tayanib.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Xabarda aytilishicha, Navalniyga nisbatan ekstremizm ayblovlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotgan voqealar bahorda, siyosatchi qamoqda o‘tirgan paytda sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi rahbariyati va shaxsan Navalniyning o‘zi tarafdorlarini “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazilishiga qarshi kelishilmagan mitinglarga chiqishga chaqirgan. RT manbalariga ko‘ra, tergov muxolifatchining ommaviy bayonotlarini davlat tuzumini ag‘darish chaqiriqlari sifatida baholamoqda.

Manbalar, shuningdek, Aleksey Navalniy o‘z tarafdorlari harakatlarini shaxsan boshqargan deb hisoblamoqda. Bahorda qattiq rejimli koloniyaga o‘tkazilgan siyosatchi buni qanday amalga oshirgani haqida nashr manbalari aniqlik kiritmagan.

RT ma’lumotlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan, muxolifatchining sheriklari ham javobgarlikka tortilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat