Daryo

Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ovqatlantirish tartibi belgilandi

Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda direktor, hamshira va ota-onalar vakillaridan iborat besh kishilik maxsus komissiya tuziladi

1 daqiqa o‘qish21 744 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga budjet hisobidan bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etilgan. Qaror bilan yuqoridagi hududlardagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomda keytering usulida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan.

Xususan, o‘quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi. Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi.

Kundalik taomnomaning ro‘yxati “kundalik.com” platformasi orqali yuritiladi.

Keytering — hududlarda masofaviy usulda umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish orqali ovqatlanishni shartnoma asosida tashkil etish, ovqatlarni tayyorlash, yetkazib berish va tayyor pazandachilik mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish.

Mavzuga doir: “Uyiga olib ketishsa ham mayli”. Shavkat Mirziyoyev maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berilishi haqida gapirdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar