Daryo

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi

Tajriba-sinov loyihasiga ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan kuchli jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi

1 daqiqa o‘qish66 800 ko‘rishlar0 izoh0

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 2022-yil 1-aprelidan boshlab maktablardagi 1—4-sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida“gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Davlat budjeti hisobidan bepul nonushta yoki tushlik bilan ta’minlanadi. Loyihaga ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatiladi. Korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar o‘rnatiladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar