Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Hamkorbank” ATBning yangi va zamonaviy bank xizmatlari ofisi ochildi.

Yangi ofisning ochilish marosimi 26-avgust kuni “Hamkorbank” rahbariyati, Sergeli tuman hokimi, OAV vakillari, blogerlar va tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Hamkorbank” ATB Boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Muxtorov nutq so‘zlab, yangi ofis tadbirkorlik subyektlari va aholiga barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatishini aytdi.

“Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari va aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish maqsadida keng miqyos va turlarda zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatish hamda ularga hududiy jihatdan yaqinlashish “Hamkorbank” ATBning asosiy maqsadlaridan biridir. “Sergeli” bank xizmatlari ko‘rsatish ofisi tashkiliy-huquqiy jihatdan bankimiz filiallarining yangi formatdagi ko‘rinishi desak adashmaymiz. Hozirgi kunda barcha tijorat banklari qatori bizning bank ham mijolarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun qulay va ixcham, zamonaviy sharoitlarga ega ofislar tashkil etmoqda”, – dedi bank raisi o‘rinbosari.

Tadbirda Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov ham ishtirok etdi va yig‘ilganlarga o‘z qutlovlarini aytdi.

“Bugun Sergeli tumani aholisi uchun muhim kun. Sababi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi asosiy tarmoqlardan biri bo‘lgan bank sektoriga yana bir ishtirokchi kirib kelmoqda. “Hamkorbank” haqida gapiradigan bo‘lsak, u yurtimizga kirib kelgan ilk xususiy banklardan hisoblanadi. Bugungi kungacha “Hamkorbank” ham obro‘yi, ham kapitalini oshirib kelmoqda. Bu xususiy banklarga aholining ishonchi yuqoriligi namunasidir. Shunday ofis tashkil etilgani uchun bank rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz va Sergeli tumaniga xush kelibsiz deymiz», – dedi tuman hokimi.

 

Tadbir davomida mehmonlarga yangi ofisda yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulot va xizmatlar ko‘rsatish jarayonidagi texnologik yechimlar namoyish etildi.

Yangi ochilgan “Sergeli” bank xizmatlari ofisi mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zamonaviy sharoitlar va texnikalar bilan jihozlangan. Ofisda qulay kutish zallari va kechayu-kunduz o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish joylari mavjud.

Xorijiy kapital ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston bank-moliya bozorida 31 yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda respublikaning barcha hududlarida bankning 47 ta filiali va 104 ta bank xizmatlari ko‘rsatish shoxobchalari ishlamoqda.

“Sergeli” bank xizmatlari ofisining manzili:

Toshkent shahri, Sergeli tumani, 8 mavze, 2 uy.

Aloqa markazi: 1256

TelegramFacebook | Instagram | YouTube

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi