UEFA tomonidan Turkiyaning Istanbul shahrida 25-avgust, payshanba kuni 2021/22-yilgi mavsumning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, “Real” hujumchisi Karim Benzema Yevropada ortda qolgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi 2021/22-yilgi mavsumda La Liga bosh sovrini va Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi.
Mazkur sovrin uchun, shuningdek, “Real” darvozaboni Tibo Kurtua va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne da’vogarlik qilgandi.