Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Anjelina Jolining sobiq turmush o‘rtog‘i — Bred Pittga qarshi da’vosi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. 2016-yilda aktrisa FQB agentiga Pittning unga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini batafsil bayon qilgan, deb yozadi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Foto: “Film.ru”

O‘zini himoya qilish uchun Joli anonim ravishda sudga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan. Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Pitt o‘z farzandlari bilan shaxsiy samolyotda bo‘lganida Joliga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan, uni haqorat qilgan. Aktyor Jolini yelkasidan silkitib, ustidan pivo quygan va “Sen bu oilani buzyapsan” deb baqirgan. Jolining badanida jarohat izlari ham qolgan.

Joliga aloqaga chiqqan FQB maxsus agenti AQSH bosh prokurori yordamchisi bilan uchrashdi. Ular natijada Pittga qarshi ayblov qo‘ymaslikka va ishni to‘xtatishga qaror qildi.

Biroq xuddi shu, 2016-yilda FQB va Los-Anjeles oilaviy idorasi Gollivud juftligi orasida sodir bo‘lgan bolalarga nisbatan haqorat qilish holatlarini tekshirishni boshladi.

Aytilishicha, Pitt 15 yoshli o‘g‘li Meddoksni ota-onasi o‘rtasidagi janjallashuv vaqtida aralashishga uringanida urib yuborgan. Ushbu hodisa ham xuddi shu shaxsiy samolyotda sodir bo‘lgan.

Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng Joli darhol ajrashish uchun ariza bergan. Pitt esa go‘yoki shundan so‘ng spirtli ichimliklarni ichishni to‘xtatgan va unga rasman ayblov qo‘yilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...