Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida bo‘lib o‘tgan hokim kubogida janjal qilganlarning ikki nafari 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolda janjal qilganlar ishi sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilgan.

“Sayyor sudda ‘Ko‘kdala’ MFY futbolchilarining ikki nafariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 15 sutka, yon hakamga esa bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (1,5 million so‘m) miqdorida jarima jazosi belgilandi”, — deydi Javlon Baxtiyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamashi tumani hokimligi Ko‘kdala tumani hokimligi tarqatgan axborotni rad etib, Qamashi tumanidagi to‘polon DXX kubogi paytida sodir bo‘lganini inkor qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)