Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi iyul oyidagi ishbilarmonlik faoliyatini tahlil qildi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Soliq tushumlari

Yil boshidan buyon mamlakatda soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,9 foizga oshgan.

Farg‘ona (39,4 foiz), Samarqand (35,3 foiz), Surxondaryo (34,5 foiz), Sirdaryo (34,4 foiz), Buxoro (33,9 foiz), Xorazm (32,4 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (42,6 foiz) soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

Bojxona tushumlari

Tahlil qilinayotgan davrda bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41,9 foizga oshdi.

Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Qoraqalpog‘iston (62,8 foiz), Andijon (57,2 foiz), Buxoro (51,7 foiz), Jizzax (47,4 foiz), Xorazm (46,5 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (48,4 foiz) kuzatildi.

Tovarlar eksporti

Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon tovarlar eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan.

Tovarlar eksport hajmining sezilarli o‘sishi Qashqadaryo (45 foiz), Samarqand (41,4 foiz), Andijon (32,5 foiz), Namangan (31,3 foiz), Farg‘ona (25,1 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (44,5 foiz) qayd etildi.

O‘zbekiston eksportining o‘sishi sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining o‘sish sur’atlari bilan izohlanadi.

 

Tovar eksportining qisqarishi Buxoro (16,7 foiz), Surxondaryo (7,8 foiz) viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda (15,9 foiz) kuzatildi.

Buxoro viloyatida eksport hajmining kamayishi 2022-yilning yanvar—iyul oylarida paxta tolasi eksporti kamaygani bilan, bu esa mahsulotlarning ichki bozorga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq.

Qoraqalpog‘istonda eksport hajmining kamayishi plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, ip-kalava va farmatsevtika mahsulotlari eksportining kamaygani bilan, shuningdek, paxta tolasi eksportining butunlay bekor qilinishi va ichki bozorga yo‘naltirilishi bilan izohlanadi.

O‘z navbatida, Surxondaryo viloyatida eksport hajmining kamayishi meva-sabzavot mahsulotlari eksportining kamayishi hamda paxta tolasi va kalavaning ichki bozorga yo‘naltirilishi bilan bog‘liq.

Kreditlar

Yanvar oyidan buyon banklar tomonidan berilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga o‘sdi.

Berilgan kreditlar hajmining o‘sishi Farg‘ona (34,4 f)oiz, Andijon (22,8 foiz), Xorazm (18 foiz) viloyatlarida, Toshkent shahrida (19,1 foiz) va Qoraqalpog‘istonda (31,2 foiz) kuzatilgan.

Sirdaryo (-31,6 foiz), Surxondaryo (-2,6 foiz) va Navoiy (-1,8 foiz) viloyatlarida ajratilgan kreditlar miqdorining kamaygani kuzatildi. Bu 2021-yilda tekstil va boshqa ishlab chiqarish loyihalari uchun katta miqdorda kreditlar ajratilishi bilan bog‘liq.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi