Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekiston 2026-yilda top-50 innovatsion davlatlar qatoridan joy egallashi asosiy maqsad etib belgilangan. Bu haqda AOKAda innovatsion rivojlanish vaziri va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, innovatsion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubatorlar kabi innovatsion infratuzilma subyektlari tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining 2022—2026-yillarda innovatsion rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, hududlarda 224 ta, tarmoqlarda 441 ta, oliygohlar va ilmiy tashkilotlarda 1 ming 86 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.

Hozirda tarmoq va oliygoh/ilmiy tashkilotlar kesimida jami 1751 ta innovatsion loyiha shakllantirilgan. Xususan, hududlar kesimida 2507 ta ish o‘rni yaratiladigan 206 milliard so‘mlik 224 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Tarmoqlar kesimida esa ilmiy-innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan 26 ta tarmoq tashkilotning 6,6 trillion so‘mlik 265 ta loyiha; iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan 33 trillion so‘mlik 176 turdagi innovatsion mahsulotlarni seriyalab ishlab chiqarish va texnologiyalar o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan “drayver” loyihalar shakllantirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi