Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inini o‘tkazayotgan qator klublar nazorat bahslarida ishtirok etdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Real Madrid” va “Yuventus” AQShda o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Karim Benzema hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada Marko Asensio hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

“Barselona” mahalliy “Nyu-York” klubiga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim yakunida Usmon Dembele katalonning dastlabki golini urgan bo‘lsa, uchrashuv oxirida Memfis Depay yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Nazorat bahslari

31-iyul, yakshanba

“Real Madrid” — “Yuventus” 2:0

Gollar: 1:0 – 19, penalti Benzema, 2:0 – 69 Asensio.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal (Nacho, 63), Alaba (Valyexo, 64), Militao (Ryudiger, 46), Mendi (Vaskes, 64), Modrich (Tchuameni, 64), Kroos (Sebalyos, 64), Kazemiro (Kamavinga, 64), Valverde (Asensio, 64), Benzema (Rodrigo, 64), Vinisius Junior (Azar, 63).

“Yuventus”: Perin (Pinsolyo, 70), Danilo (Da Graka, 76), Bonuchchi (Gatti, 64), Bremer (Rugani, 70), Aleks Sandro (Pellegrini, 70), Lokatelli (Sudrig, 76), Zakariya, Fajoli (Rovella, 64), Di Mariya (Kuadrado, 46), Kin (Barbieri, 76), Vlahovich (Ake, 64; Soule, 70).

Ogohlantirish: Asensio (83).

“Nyu-York” — “Barselona” 0:2

Gollar: 0:1 – 40 Dembele, 0:2 – 87 Depay.

“Nyu-York”: Sservadda, Edelman, Ryan, Ofori, Mullings, Karlos, Mira, Long, Reyes, Nilis, Ndam, Tolkin, Yervud, Fernandes, Amayya, Nilis, Klark, Morgan, Lukinyas, Kasseres, Barlou, Klimalya, Harper.

“Barselona”: ter Shtegen, Penya, Arauxo, Kristensen, Erik Garsiya, Alba, Pike, Balde, Pyanich, Serxi Roberto, Kessie, Niko Gonsales, Fati, Pedri, Torre, Buskets, de Yong, Gavi, Obameyang, Depay, Levandovski, Dembele, Rafinya.

Ogohlantirishlar: Arauxo (28), Kasseres (38), Pike (59), Mullings (62).

Chetlatish: Edelman (82).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi