Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kichik va o‘rta biznes rivojlanishi uchun ularga beriladigan kreditlar hajmi ko‘proq, soliq va kredit stavkalari past bo‘lishi kerak. Bu haqda iqtisodchi Abdulla Abduqodirov “Daryo” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Abdulla Abduqodirov

Abdulla Abduqodirov
Foto: “Daryo”

Abdulla Abduqodirovning ta’kidlashicha, banklardan kredit olish qiyinligi bir muammo bo‘lsa, soliq va kredit stavkalarining balandligi ikkinchi muammodir.

Kichik va o‘rta biznes uchun beriladigan kreditlar hajmi ko‘proq bo‘lishi lozim. Soliq va kredit stavkalari past bo‘lishi zarur. Bu sohada Markaziy bank hech narsa qilmayapti. Aksincha, so‘mning kredit stavkalarini sun’iy darajada juda ham ko‘ratib qo‘ygan.

2019-yildan kichik va o‘rta biznes ham aylanma soliqlar to‘laydigan bo‘ldi. Ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqalar. Bu oxir oqibatda kichik va o‘rta biznes mahsulotlariga bo‘lgan talabni kamayishiga olib keldi. Talabning kamayishi sotish qobiliyati va oqibatda iqtisodiy qobiliyat torayishiga olib keldi. Natijada aylanma soliqlar ularning birdaniga “oborot” mablag‘larini yeb qo‘ydi. Endi o‘sha “oborot” mablag‘larini tiklash uchun tijorat banklaridan kredit olaman desa, uning ham chorasi yo‘q. Xullas, hamma yoq bankrot bo‘lib, kecha kichik biznes qilib yurganlar, bugun ko‘chada mardikorlik qilib yuribdi.

Markaziy bankka kichik va o‘rta biznesning keragi yo‘q. Ular iqtisodiy stabillik bo‘lsa, chet eldan kreditlar ko‘p keladi deb, shunga ko‘proq urg‘u beradi. Natijada xorijdan ko‘proq kreditlar oladi. Bu umuman noto‘g‘ri iqtisodiy siyosatdir. O‘zi kredit bermaydida, chet el kreditlarini bemalol olib ishlatishga harakat qiladi. Bu butun mamlakatni parokanda qilish bilan barobarku.

Iqtisodchining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston banklarida haqiqiy tijorat kreditini berish yo‘lga qo‘yilmagan.
Ular buni istamaydi ham. Chunki banklar Markaziy bankka berayotgan depozitlari, Markaziy bankdan olayotgan obligatsiyalari hisobiga yashab yuribdi. U obligatsiyalar 17 foiz daromad keltiradi. Shu ham yetadi ularga. Chunki hech qanaqa risk qilmaydi. Markaziy bank “bu tijorat banklarining ishi, biz unga aralashmaymiz”, degani bilan hammasi uning og‘zaki va yozma ko‘rsatmalariga borib taqaladi. Tijorat kreditlarini esa 23-24 foizdan beradi. Umuman, Markaziy bankning ikki yoqlama siyosati iqtisodiyotni bo‘g‘ib tashlagan. Bu juda ham yomon oqibatlarga olib kelmoqda. Shuning uchun ham kichik va o‘rta biznesda ahvol juda og‘ir.

Markaziy bank kredit olish uchun qo‘yiladigan garov, kreditni olish va maqsadli ishlatish shartlari bo‘yicha juda qattiq talablar qo‘ygan. Ularni bajarish uchun banklar turli nayranglarni o‘ylab topishga majbur. Masalan, tijorat kreditini olish uchun 2-3 ta kafolatli tashkilot bo‘lishi kerak. Siz bevosita baholab kelgan ko‘chmas mulk narxini bank o‘zi baholaydi. Axir bu qonunga zid ishku! Ya’ni bank o‘ziga baholash funksiyasini olyapti. O‘zi baholab, o‘zi garovga olyapti. Bu juda noto‘g‘ri.

Avvalroq saytimizda Abdulla Abduqodirov bilan suhbatning to‘liq matni e’lon qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan 
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Biznes
Xitoy, Koreya va Qozog‘iston: O‘zbekistonga eng ko‘p “inomarka”lar qayerdan olib kelingani ma’lum bo‘ldi