Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

90 yil avval. 1932-yil 21-iyun, seshanba

Kampaniyalar ko‘p — zayom kampaniyasi bor, chopiq kampaniyasi bor, g‘alla kampaniyasi bor, arpa kampaniyasi bor. So‘nggisi haqida bir xabar: “Boysun rayon Kofrun qishloq sho‘rosiga qarashli ‘Besh yillik plan’ kolxozi 125 ot va 75 eshak bilan 103 sentnerlik arpa qizil karvoni keltirdi. Qishloq tashkilotlari qizil karvonni karnay-surnay bilan qarshilab, bir o‘roq mashina, 3 pud ko‘k choy va 3 pud qand bilan mukofotladilar”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 21-iyun sonidan lavha

Samarqand viloyatida beda to‘plash kampaniyasi sust, “Qizil O‘zbekiston” plan bajarilmay, bedalar bozorga chiqib ketganini qoralab chiqqan (ishlar yomonligiga esa, jumladan, piyonistalik sabab qilib ko‘rsatilgan): “Urgut rayonidagi bozorlar beda bilan to‘layotir. Bozorga kelgan bedalar savdogarlar tomonidan sotib olinmoqda. Beda tayyorlash ishi tez kunda tashkil qilinmay, shu ahvol davom etaturgan bo‘lsa, beda tayyorlash plani buzilishi aniq. Beda tayyorlashni tashkil qilishga qaramay, ichkilik bilan kunini o‘tkazib yurgan Yegorov mas‘uliyatga tortilishi kerak”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 21-iyun sonidan lavha

Buxoro adyol fabrikasida ham ahvol yaxshi emas, bunga ham, jumladan, ichkilikbozlik sababchi: “Ombor mudiri o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraydi. Buxgalter Alekseyev doim ariq ichib, fabrika ishlarini yotqizib qo‘ygan”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 21-iyun sonidan lavha

60 yil avval. 1962-yil 21-iyun, payshanba

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Habib Abdullayev 20-iyun kuni uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan vafot etgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi va Ministrlar Soveti ta’ziya bildirgan.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha 

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha 

O‘zbekiston rahbariyati tomonidan Habib Abdullayevning dafn qilishni uyushtirish uchun komissiya tuzilgan. Komissiya e’loniga ko‘ra, “Habib Abdullayevning jasadi solingan tobut O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining konferensiyalar zaliga qo‘yiladi. Marhum bilan 21-iyunda soat 12 dan 15:30 minutgacha vidolashish mumkin. Marhumning jasadi soat 16 da olib chiqiladi. Marhumning jasadi Chig‘atoydagi kommunistlar mozorida dafn qilinadi”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

“Amu bo‘yida yirik inshootlar xabari” Orol dengizini quritish yo‘lidagi navbatdagi tashabbus haqida (albatta, bu materiallar yozilayotgan vaqtda, oradan 60 yil o‘tib, dengizdan kichik bir ko‘l qolishi mumkinligini odamlar tasavvur ham qila olmagan): “Amudaryoning quyi oqimi To‘ymo‘yin darasidan boshlanadi. Bu yerda O‘rta Osiyoda yirik inshoot — ulkan suv ombori va gidroelektrstansiya barpo etiladi. Shu yo‘l bilan asov Amu jilovlanadi”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

Xorazm viloyati Gurlan tumani (sobiq) prokurori Ibodulla Yoqubov haqida tanqidiy materialda yozilishicha, “haddan oshgan prokuror o‘tgan yili dekabr oyida uch kun dabdabali ‘sunnat’ to‘yi o‘tkazib, chakana pul sarflamadi. Mastbozlik shu qadar avjiga mindiki, to‘y raykomxoz xodimi Begmat O‘rozboyevning fojiali o‘limi bilan tugadi”.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

Lekin sovet kishilarining hammasi ham Gurlan prokuroridan yomon emas, aksincha, “halollik — sovet kishisining fazilatidir”:
Shuningdek, 1962-yilgi (bebi-bum davridagi) O‘zbekistonda yuzlab qahramon onalar ham bor edi (ro‘yxatda, balki, sizning buvilaringiz ham bordir):

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 21-iyun sonidan lavha

30 yil avval. 1992-yil 21-iyun, yakshanba

1992-yil 21-iyun kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e‘lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...