Daryo

Samarqandda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi (video)

Haydovchi yuk mashinasiga me’yordan ortiq balandlikda somon ortib harakatlanib ketayotganida elektr tarmoqlaridagi simlarga tegib qolgan va qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in chiqqan

1 daqiqa o‘qish31 228 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Urgut tumanida me’yoridan ortiq somon ortib ketayotgan mashina elektr simlariga tegib ketishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi.

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 9-iyun kuni soat 10:00 larda tumanning “Guliston” MFY hududida yuz bergan. Haydovchi “ZIL” yuk mashinasiga me’yorlardan ortiq balandlikda somon ortgani uchun harakatlanib ketayotgan vaqtida elektr tarmoqlaridagi simlarga tegib qolgan.

Shundan so‘ng ular elektr simini tepaga ko‘tarmoqchi bo‘lganida qisqa tutashuv hamda chaqnash sodir bo‘lib, transport vositasiga ortilgan 400 dona somon presi yonib ketgan.

Samarqand FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:11 da yetib borib, yong‘in soat 10:15 da qurshab olingan va soat 10:50 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar