Daryo

O‘zbekistonga 4 oyda qariyb 90 mingta konditsioner import qilindi

Texnikaning eng katta qismi Xitoydan olib kelingan

1 daqiqa o‘qish50 340 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—aprel oylarida xorijdan qiymati 25,4 million dollarga teng bo‘lgan 88 336 dona konditsioner import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, konditsioner importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 44 983 donaga oshgan. O‘zbekiston 22 ta davlatdan konditsioner import qilgan.

O‘zbekiston 4 oy mobaynida eng ko‘p konditsioner import qilgan davlatlar:
  • Xitoy – 83 054 dona;
  • Turkiya – 2 720 dona;
  • Litva – 811 dona;
  • Italiya – 375 dona;
  • Fransiya – 213 dona;
  • Hindiston – 211 dona;
  • Koreya – 210 dona;
  • Rossiya – 143 dona;
  • Germaniya – 122 dona;
  • BAA – 109 dona;
  • Ispaniya – 46 dona;
  • AQSH – 41 dona.

Avvalroq O‘zbekistonga 4 oyda 50 mingtadan ortiq televizor olib kelingani xabar qilingandi. Bundan tashqari, yil boshidan beri Qozog‘istondan 1,1 million tonna bug‘doy import qilingani, 4 oyda 116 mingta muzlatgich import qilingani, yanvar—aprel oylarida qariyb 1 million dona telefon olib kelingani haqida xabar berilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar