Daryo

O‘zbekistonga yil boshidan beri qariyb 1 mln dona telefon import qilingan

Telefon importi bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakatdan O‘zbekistonga 750 mingga yaqin telefon import qilingan

1 daqiqa o‘qish18 860 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—aprel oylarida xorijdan qiymati 71,2 mln dollarga teng bo‘lgan 976 645 dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Telefon importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 320 900 donaga oshgan. O‘zbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

Telefon importi bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakatdan O‘zbekistonga 750 mingga yaqin telefon import qilingan. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Vyetnam va Hindiston egalladi. 

O‘zbekiston 4 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
  • Xitoy – 741 546 donа;
  • Vyetnam – 121 376 dona;
  • Hindiston – 62 612 dona;
  • BAA – 46 137 dona;
  • Qozog‘iston – 3 663 dona;
  • Koreya – 1 286 dona.
Oylar kesimida eng ko‘p telefon mart oyida import qilingan. Fevral va aprel oylarida ham bu ko‘rstakich yuqori bo‘ldi. Oylar kesimida telefon importi:
  • yanvar – 129 766 dona;
  • fevral – 284 461 dona;
  • mart – 286 056 dona;
  • aprel – 276 362 dona.
Avvalroq O‘zbekiston yil boshidan beri 700 mingdan ortiq telefon import qilgani haqida xabar berilgan edi. 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar