Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 11-may kuni kannabis giyohvand moddasini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tumani IIB TEQKB va JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Qudash” MFY hududida yashovchi fuqaro P.Y.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 60 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda tomorqasida 50 tup kannabisni parvarishlab kelayotgan fuqaro ushlangani, Farg‘onada tomorqasida 60 tup ko‘knori yetishtirayotgan shaxs aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi