“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh o‘z pozitsiyasida to‘p suradigan futbolchilar ichida eng yaxshisi ekanini ta’kidladi.

Foto: Getty Images

Agar meni nafaqat jamoamdagi, balki dunyodagi o‘z pozitsiyamda to‘p suradigan istalgan futbolchi bilan qiyoslasangiz, eng yaxshisi ekanligimni tushunasiz. Har doim o‘z ishimga e’tiborli bo‘laman va qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Qayd etayotgan natijalarim so‘zlarimning isbotidir.

O‘z oldimga har gal yangi vazifalar qo‘yish, nimanidir o‘zgartirishni xohlab, turlicha ishlab ko‘rish mening burchim.

Muhammad Saloh, “Liverpul” hujumchisi

Muhammad Saloh 2021/22-yilgi mavsum APLda 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!