Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 36-turidan o‘rin olgan “Real” va “Levante” jamoalari o‘rtasidagi bahs 12-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Santyago Bernabeu”da o‘tgan bahs mezbonlarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Qirollik klubi” safida Vinisius Junior het-trik muallifiga aylandi, Ferlan Mendi, Karim Benzema va Rodrigo o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Luka Modrich esa 3 ta golga assistentlik qildi.

Shu tariqa muddatidan avval chempionlik masalasini hal qilgan “Real” so‘nggi, 20-o‘rinda (29 ochko) borayotgan jamoani tor-mor keltirdi va quyi ligaga ravona qildi. Madrid klubi kelasi o‘yinini 15-may kuni safarda “Kadis”ga qarshi o‘tkazadi.

La Liga

36-tur bahslari

12-may, payshanba

“Real” – “Levante” 6:0

Gollar: 1:0 – 13 Mendi, 2:0 – 19 Benzema, 3:0 – 34 Rodrigo, 4:0 – 45 Vinisius Junior, 5:0 – 68 Vinisius Junior, 6:0 – 83 Vinisius Junior.

“Real”: Kurtua, Nacho (Xila, 82), Valyexo, Mendi, Modrich (Peter, 75), Valverde (Kroos, 75), Kamavinga, Vaskes, Benzema (Yovich, 75), Vinisius Junior, Rodrigo (Mariano Dias, 62).

“Levante”: Kardenas, Miramon, Kaseres (Kampanya, 39), Postigo, Rober (Vezu, 77), Son, Radoya (Bardi, 39), Melero (Kantero, 57), Pepelu, Morales, Dani Gomes (Roxer Marti, 57).

Ogohlantirishlar: Kamavinga (43), Roxer Marti (65), Modrich (69).

“Rayo Valyekano” – “Vilyarreal” 1:5

Gollar: 0:1 – 3 Pedrasa, 1:1 – 21 Gvardiola, 1:2 – 27 Foyt, 1:3 – 38 Pako Alkaser, 1:4 – 45 Pau Torres, 1:5 – 88 Pedrasa.

“Real Sosyedad” – “Kadis” 3:0

Gollar: 1:0 – 19 Serlot, 2:0 – 53, penalti Yanuzay, 3:0 – 90, penalti Portu.