Daryo

Buxoroda yonayotgan uydan fuqaro qutqarib qolindi

Yong‘inda ko‘p qavatli uyning 18 m/kv maydoni yonib ketgan

1 daqiqa o‘qish46 064 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro shahrida 25-aprel kuni ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 08:53 da “Varaxsha” mahallasi Alpomish ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 09:08 batamom o‘chirilgan.

Hodisada yashash uyining 18 kvadrat metr maydonda tomosti qurilmalari va qisman ichki jihozlari yongan. Sodir bo‘lgan yong‘indan uy egasi M.G. qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolingan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar