Samarqand shahrida 29-mart kuni uy ichida qulflanib qolgan bolachalar qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 17:30 da shaharning Beruniy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birda yashovchi fuqaro viloyat FVBga murojaat qilgan. U ehtiyotsizlik oqibatida eshik qulflanib qolgani, xonadonda 2 nafar yosh bolalari qolib ketganini bildirgan.










