Daryo

Xorazmda FVV xodimlari kanalda oqib ketayotgan ayolni qutqarib qoldi (video)

Tekshiruvlar chog‘ida fuqaroning ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish73 466 ko‘rishlar0 izoh0

Xorazm viloyati Urganch tumanida 8-aprel kuni kanalda oqib ketayotgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 13:44 lar atrofida Xorazm viloyati FVBga Urganch shahrida yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilgan. U shahardan oqib o‘tuvchi Shovot kanalida 30-35 yoshlar atrofidagi ayol oqib ketayotgani haqida xabar bergan.

Murojaatga asosan FVV xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqaroni suvdan olib chiqqan. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi yordam sabab ayolning hayoti saqlab qolingan. Hozirda u tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Shuningdek, tekshiruvlar paytida mazkur fuqaro viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘lgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar